Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Fidoiylar mahallasi Аndalib koʼcha 39-uy

blog

Shavkat Mirziyoev raisligida 2024 yil uchun davlat byudjetining asosiy yo'nalishlari hamda tarmoq va hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda (https://president.uz/uz/lists/view/6783).

Yaqinda qabul qilingan “O'zbekiston – 2030” strategiyasida ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu bois 2024 yil uchun davlat byudjeti loyihasida bu sohalarga katta e'tibor qaratilgan. Xususan, kelgusi yil inson kapitalini rivojlantirish uchun 102,5 trillion so'm yo'naltirish mo'ljalanmoqda. Bu joriy yilgiga nisbatan 15 foiz ko'p.

Masalan, dastlabki loyihada 317 ta maktab qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan edi. Prezident bu masalaning muhimligini va joylardagi talabni inobatga olib, yana 150 ta maktab qurilishiga mablag' ajratishni taklif qildi. Maktabgacha ta'lim, professional va oliy ta'lim tizimi uchun nazarda tutilgan mablag'larni ham ko'paytirish bo'yicha fikr bildirildi.

Shu bilan birga, ushbu mablag'lardan oqilona foydalanish, ajratilayotgan mablag'larning natijadorligini oshirish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi. 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Fidoiylar mahallasi Аndalib koʼcha 39-uy
  • +998 (62) 399-23-01
  • xonqatuman_39maktab@umail.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili